Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namibiyada ulkan neft koni topildi

Namibiyada ulkan neft koni topildi

Foto: YouTube

Namibiya sohillari yaqinida taxminan 10 mlrd barrel zaxiraga ega neft koni topildi. Bu haqda New Era gazetasi xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Janubiy Afrika Respublikasi bilan chegaradosh hududda, Oranj daryosi atroflarida Galp Energia kompaniyasi mahalliy Custos Energy va National Petroleum Corporation of Namibia kompaniyalari bilan hamkorlikda geologiya-razvedka ishlari olib bormoqda.

Sinov uchun olingan neft namunalari uning sifati yuqori ekanidan dalolat bermoqda — yopishqoqligi past va tarkibida oltingugurt juda kam.

Xuddi shu hududda TotalEnergies va Shell kompaniyalari ham «qora oltin» qidirmoqda.

Agarda yuqoridagi ma’lumotlar tasdig‘ini topsa, Namibiya neft zaxiralari bo‘yicha Afrikada kamida to‘rtinchi (Liviya, Nigeriya va Jazoirdan so‘ng) o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring