Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda uyi buzilgan fuqarolarga yer va kompensatsiya pullari berilmayapti (video)

Andijonda uyi buzilgan fuqarolarga yer va kompensatsiya pullari berilmayapti (video)

Foto:«Darakchi»

«Zamon» dasturida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanining Jalabek qishlog‘ida uyi buzilgan fuqarolarning muammolari ko‘tarib chiqildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qishloqda 83 ta uy buzilishga tushgan va ularning kompensatsiya pullari to‘liq to‘lab berilmagan va yer ajratilmagan. Fuqarolarning arz qilishicha, mablag‘ yo‘qligi sababli ular yangi uy qurishga imkoniyat bo‘lmayapti. 

Fuqaro Nasiba Qo‘ziboyevaning aytishicha, 5 yildan beri ushbu muammo hal bo‘lganicha yo‘q. 

Qo‘shtepa MFY raisi so‘zlariga ko‘ra, Oltinko‘l tumani hokimi fuqarolarga 4 sotixdan yer ajratib berishni reja qilmoqda. «Hozirda paxta mavsumi bo‘lgani sababli bu ishlar sekin ketmoqda» - deydi rais. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring