Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov Qirg‘iziston TIV rahbarini qabul qildi

Abdulla Aripov Qirg‘iziston TIV rahbarini qabul qildi

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Bugun Bosh vazir Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.

O‘zbekiston Hukumati rahbari Qirg‘iziston bilan hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashda ilgari erishilgan barcha kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhim ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda pandemiyaning ikki tomonlama aloqalarga salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring