Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

7 ta tumanga yangi IIB boshliqlari tayinlandi

7 ta tumanga yangi IIB boshliqlari tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlari rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.  

Jumladan, podpolkovnik Ulug‘bek  Xudoyberganov Amudaryo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik  Boborahim Mirzayev Qarshi shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik O‘ktam Mustafoqulov  Sariosiyo tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 

Shuningdek, podpolkovnik Oybek Abdullayev Sirdaryo tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan bo‘lsa, polkovnik Ravshanjon Jo‘rayev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Ulug‘bek Jo‘rayev Toshkent viloyati Bekobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 

Podpolkovnik Dilshod Gaziyev Parkent tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Azizbek Aliasqarov Ohangaron tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, polkovnik Otabek G‘anibekov Bo‘ka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Muzaffar Atanazarov Toshkent shahar, Mirobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring