Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zargarlik buyumlarini elektron savdo orqali sotishga ruxsat berilmoqda

Zargarlik buyumlarini elektron savdo orqali sotishga ruxsat berilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

«Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4998-son, 22.02.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-martgacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki kechiktirib to‘lash sharti bilan sotish tartibi joriy qilinadi.

Shunga ko‘ra:

● «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar keyinchalik xom ashyo ko‘rinishida qayta sotish huquqisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki tovar-xom ashyo birjasi orqali narxning 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda 180 kunga kechiktirib to‘lash sharti bilan sotiladi;

● buning uchun «O‘zmilliybank» AJ bank kafolatini shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi;

● marvarid, olmos va qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari solinmaydi.

2021-yil 1-apreldan boshlab:

- zargarlik buyumlariga asillik darajasi tamg‘asi va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamg‘asi mexanik (zarb) yoki lazer usullari yordamida tushirishga ruxsat etiladi;

- affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan o‘lchovli yombilarni sotishga ruxsat beriladi;

- qimmatbaho metallardan va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi;

- naqd pulda o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi BHMning 600 baravaridan oshmagan taqdirda mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorni tekshirish talab etilmaydi.

Shuningdek, «O‘zmilliybank» AJga keyinchalik mikrokreditlar ajratish uchun 30 mln AQSh dollari ekvivalentida 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida mablag‘ yo‘naltiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring