Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada turklar bilan hamkorlikda zargarlik zavodi ochiladi

Farg‘onada turklar bilan hamkorlikda zargarlik zavodi ochiladi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning mahalliy tadbirkor Ulug‘bek Abdurahimov hamda uning turkiyalik hamkorlari Ali Uyanik va Jezmi Shen bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Farg‘onada tashkil etishga kirishilayotgan zargarlik zavodi loyihasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, loyiha qiymati 10 mln dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilayotgan zavodda ikki yil ichida 300 dan ziyod doimiy ish o‘rni yaratiladi. Korxonada oltin hamda kumushdan tayyorlangan zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi, shuningdek, zavod qoshida Izlanish va rivojlantirish (R&D) bo‘limi hamda kasbiy ta’lim markazi faoliyat olib boradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki bozorga yo‘naltirish bilan birga Yevropa va AQSh bozorlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Uchrauvda viloyatda bo‘sh turgan va faoliyat ko‘rsatmayotgan bino-inshootlardan birida ijara asosida ikki oy ichida ishlab chiqarishni boshlanishiga kelishib olindi, Italiyadan buyurtma berilgan yirik jihozlarning yetib kelishiga qadar Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasida zavodning yangi binosi barpo etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring