Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yakkasaroy tumani hokimi o‘zgardi

Yakkasaroy tumani hokimi o‘zgardi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Yakkasaroy tuman hokimi sifatida ishlab kelayotgan Mahametov Sarvar Toshmatovich Chilonzor tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Uning o‘rniga Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgan Shamuratov Baxtiyor Abduvaxitovich Yakkasaroy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bu tayinlov 2018-yilning 6-oktyabr kuni Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Shamuratov Baxtiyor Abduvaxitovich 1978-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1999-yil Toshkent davlat agrar universiteti va 2002-yil Soliq akademiyasini tamomlagan.

1999-2003-yy. — Davlat soliq qo‘mitasi navbatchilik qismi ruxsatnoma berish byurosi mudiri, navbatchi qism navbatchi yordamchisi.

2003-2010-yy. — Davlat soliq qo‘mitasi katta inspektori, bosh inspektori, soliqlar bo‘limi bosh inspektori.

2010-2012-yy. — Davlat soliq qo‘mitasi Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi inspektori, Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish boshqarmasi jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish bo‘limi boshlig‘i.

2012-2014-yy. — Toshkent shahar Iqtisodiyot bosh boshqarmasi investitsiya va kapital qurilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari — investitsiya sho‘’basi boshlig‘i.

2014-2016-yy. — Sergeli tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2016-2017-yy. — Sergeli tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

2017-2018-yy. — Sergeli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.

2018-2018-yy. — Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori.

2018-yilning 6-oktyabridan boshlab Yakkasaroy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring