Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Suriyadan qaytganlar – o‘zbeklar, bizning vatandoshlarimiz!»

Shavkat Mirziyoyev: «Suriyadan qaytganlar – o‘zbeklar, bizning vatandoshlarimiz!»

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishi davomida Suriyadan qaytarilgan hamyurtlarimiz haqida fikr bildirib o‘tdi.

– Kecha Suriyadan kelgan 14 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda?


Birorta nuroniy yo‘q! Achchiq-achchiq gap aytinglar. Ularni Vatanga olib kelishning o‘zi bo‘lgani yo‘q.

Faqat qarsak, qarsak, ura-ura...

Birorta shoir chiqmadi: uyg‘onaylik endi, deb...

Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!

Men konstitutsiyaga ko‘ra ularga chora ko‘rishim kerak aslida. Lekin unday qilmayman. Chunki, ular o‘zbek, bizning Vatandoshlarimiz!

Ularni Vatanga olib kelish azob bo‘ldi. Juda og‘ir bo‘ldi. Biz hammamiz bu holatni chuqur o‘ylashimiz kerak, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring