Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada bir o‘limdan qolgan jizzaxlik yigit O‘zbekistonga olib kelindi — DXX

Suriyada bir o‘limdan qolgan jizzaxlik yigit O‘zbekistonga olib kelindi — DXX

2000 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan shaxs internet tarmog‘i orqali Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti a’zosi bilan tanishib, ularning safiga borib qo‘shilishni maqsad qiladi.

So‘ngra virtual tanishining huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining e’tiboriga tushmaslik bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari asosida, 2023 yilning iyun oyida aviachiptani aynan uchib ketish kuni qimmat narxda bo‘lishiga qaramay, sotib olib, Istanbul shahriga jo‘nab ketadi.

Turkiya orqali Suriyaga o‘tgan jizzaxlik yigit «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti a’zolari safida g‘oyaviy hamda harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi.

Ammo, Suriya hukumati kuchlari tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar natijasida jiddiy jarohat oladi. Sog‘ligi tiklanganidan keyin, u terroristik tashkilotning xo‘jalik ishlariga jalb etiladi.

2023 yilning dekabr oyida davolanish uchun yashirin yo‘llar bilan Suriyadan qo‘shni davlatga o‘tgan vaqtida qo‘lga olingach, O‘zbekistonga olib kelindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring