Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya prezidentini hibsga olish uchun xalqaro order berildi

Suriya prezidentini hibsga olish uchun xalqaro order berildi

Fransiya sudi tinch aholiga qarshi taqiqlangan kimyoviy qurol qo‘llaganlikda ayblanayotgan Suriya prezidenti Bashar Asadni hibsga olish uchun xalqaro order berdi. Bundan tashqari, xuddi shunday order Basharning ukasi Maher Asad va ikki suriyalik general – Suriya ilmiy tadqiqot markazi direktori G‘assom Abbos va Milliy xavfsizlik va aloqa xizmati rahbari Bassam Hasanni hibsga olish uchun ham berilgan.

BBC’ga ko‘ra, jamoaviy da’vo Suriya OAV va so‘z erkinligi markazi, «Ochiq jamiyat huquqiy tashabbusi» huquqshunoslar uyushmasi va mamlakatdagi inson huquqlarining buzilishiga oid holatlarni hujjatlashtirgan Suriya arxivi tomonidan sudga taqdim etilgan.

Parij sudining insoniyatga qarshi jinoyatlarni ta’qib qilishga ixtisoslashgan maxsus bo‘limi Suriyada 2013-yilning avgustida Duma shahri va Sharqiy Guta mintaqasida zarin gazidan foydalangan holda kimyoviy quroldan foydalangani holatini 2021-yildan buyon tergov qilib keladi. O‘shanda 1000 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytiladi.

Bu Bashar Asadni hibsga olish, shuningdek, Suriya rejimi tomonidan kimyoviy qurol qo‘llagani yuzasidan berilgan ilk xalqaro order hisoblanadi. Hujjatda aytilishicha, Asad va uning sheriklari insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlariga sheriklikda aybdor.

Biroq 2011–2020-yillardagi fuqarolar urushi paytida taqiqlangan qurollar, jumladan, kimyoviy qurollar qo‘llanganini inkor etib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring