Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorako‘ldagi uyni tunagan niqobli bosqinchi qo‘lga olindi

Qorako‘ldagi uyni tunagan niqobli bosqinchi qo‘lga olindi

2019-yil 2-fevral kuni noma’lum shaxs yuziga niqob kiygan holda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yashovchi Z.S. (ismli ayol)ning uyiga bostirib kirib, unga jarohat yetkazgan va u yerdan «Artel» rusumli mobil telefoni, 7 turdagi zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tekshiruvlar natijasida ushbu jinoyatni Qorako‘l tumanida yashovchi Sh.Ya. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Ayni damda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring