Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari ushlandi

Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Tadbirkordan bajarilgan qurilish ishlari dalolatnomasini imzolash uchun 60 mln so‘m talab qilgan xo‘jalik rahbari qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari A.J. ushbu xo‘jalikda «O.H.» MChJ tomonidan bajarilgan 612 mln so‘mlik qurilish ishlari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani imzolashi hamda 157 mln so‘m qarzdorlikni MChJga o‘tkazib berishi evaziga tadbirkor L.O.dan 60 mln so‘m talab qilib, shundan 45 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring