Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘rinbosari kaltaklangan maktab direktori ishdan olindi

O‘rinbosari kaltaklangan maktab direktori ishdan olindi

2023 yilning avgust oyida Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida maktab direktori o‘rinbosarining kaltaklangani haqida xabar qilingan edi.

Holatga ko‘ra, Qorako‘l tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori O‘lmas Fayzullayev va uning shu maktabda faoliyat yuritayotgan akasi Ali Fayzullayev direktor o‘rinbosari Oybek Fozilovni kaltaklashgan. Oybek Fozilovog‘ir tan jarohatlari bilan Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan vayotqizilgan.  U bosh miya jarohatlari, bosh miya chayqalishi, bosh miya chekka sohasining yirtilgan jarohati, badanning ko‘plab qismlarida qontalashlari va shilinmalaritashxisi bilan davolangan. Oybek Fozilov ichki ishlar idoralariga bergan ko‘rsatmasida, holatga qonuniy va haqqoniy baho berishlarini bayon etgan.

Holat yuzasidan «Xabar.uz» muxbiri tomonidan olib borilgan jurnalistik surishtiruv davomida maktab direktori: «Men maktab ta’tilidagi odamman. O‘sha kun maktabga umuman kelmagan edim va voqea haqida keyin eshitdim», – deya javob bergan. Biroq, guvohlar Oybek Fozilovning maktab direktori va uning ukasi tomonidan birgalikda kaltaklashganlarini bildirishgan.

Ichki ishlar organlari tergov-surishtiruv harakatlaridan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi tomonidan ish olib borilgan. Sud hujjatlariga ko‘ra, ta’lim dargohida munosib xulq-atvorda bo‘lmagan hatti-harakatlarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan direktori O‘lmas Fayzullayevga ham, jabrlanuvchiga ham bir xil jazo chorasi qo‘llanilgan. Ya’ni har ikkisi ham jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan ayblangan. Ushbu moddaga ko‘ra, aybdorga nisbatan bir yillik ozodlikni cheklash jazosi qo‘llaniladi.

Savol tug‘ilishi mumkin? Nega shaxsga tan jarohati ham, og‘ir tan jarohati olgan ham bir xil jazoga tortilgan?

Sud tergovi davomida Oybek Fozilov bunga iqrorlik bildirmagan bo‘lsa-da, uni kaltaklagan Alibek Fayzullayev o‘rinbosar tomonidan o‘ziga ham jismoniy tan jarohati yetkazganini, o‘sha kuni avval Qorako‘l tumanidagi amblator punktga, keyin Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinikasiga murojaat qilgani, so‘ngra RShTYoIM Buxoro filialiga borib, boshining peshona sohasiqismidagi yirtilgan yarani tiktirib qaytganini bildirgan. Alibek Fayzullayev RShTYoIM Buxoro filiali№3539-sonli tibbiy ma’lumotnoma hamda 9-son poliklinika travmpunkti vrachlari tomonidan to‘ldirilgan №42/1802-sonli amblator ma’lumotlarni sud tibbiy ekspertizaga taqdim etgan. Sud hukmiga ko‘ra, mushtlashuv paytida har ikki tomonning ham tan jarohati olgani, sud tibbiy ekspertiza xulosalari, shuningdek, holatga qonuniy baho berilgan holda yuqorida qayd etilgan Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan ayblanishgan.

Sud hukmidan norozi tomonlar hukm o‘qib, e’lon qilingan kundan boshlab, yigirma kun muddat ichida Buxoro viloyati sudiga apellyasiya tartibida shikoyat kiritishi mumkinligi qayd etilgan.

Oybek Fozilov hukmdan noroziligini bildirgan. Va holat yuzasidan «Rajabova Klara Zaripovna» advokatlik byurosi rahbari Klara Rajabova o‘z huquqlaridan foydalangan holda ish olib borgan. Unga ko‘ra, 2023 yilning 1 noyabr kuni Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinika mutaxassislari tomonidan  Qorako‘l tumanidan Alijon Fayzullayevning 2023 yilning mart-avgust oylarida qaysi kasallik bilan murojaat qilgani, qanday tashxislar qo‘yilgan va muolajalar olgani to‘g‘risida atroflicha o‘rganib chiqilgan. O‘rganish jarayonida fuqaro Alijon Fayzullayev poliklinikaga kasallik tufayli umuman murojaat qilmagani oshkor bo‘lgan. Poliklinika bosh vrachi ushbu fuqaroga, hatto, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi ham ochilmaganini bildirgan. Xuddi shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ham fuqaro Alijon Fayzullayevning filial qabul bo‘limiga tibbiy yordam so‘rab, murojaat qilmaganini ma’lum qilgan.

Shunday holatda fuqaro Alibek Fayzullayev travmpunkt vrachlari tomonidan to‘ldirilgan amblator ma’lumotlarni, boshining peshona sohasi qismidagi yirtilgan yarani tiktirib qaytgani bo‘yicha kasallik varaqalarini qanday qo‘lga kiritgan, sudga taqdim etilgan tibbiy ekspertiza xulosasi-chi, degan savol tug‘iladi. Javobni esa soha mutaxassislaridan kutamiz.

Oybek Fozilovning bildirishicha, holat yuzasidan qayta sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.  

Qorako‘l tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, uning ukasi hamda direktor o‘rinbosari o‘rtasidagi mojarolar yuzasidan olib borilgan takroriy surishtiruvlar davomida bir nechta maktab jamoasi a’zolari, bundan ilgari ham undan jabr ko‘rgan xodimlar ham «shunday xulq-atvorli shaxs ta’lim maskani direktori bo‘lishi mumkinmi?» degan savollar bilan munosabat bildirishgan. 

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, joriy yilning 12 fevral kuni 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori O‘lmas Fayzullayev bilan mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilingan. Direktorning lavozimdan olib tashlangani bo‘yicha buyruqqa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksning 161-, 164-, 165-moddasi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudining hal qiluv qarori, boshqarmaning ichki mehnat tartibi qoidalari hamda holat yuzasidan tuzilgan dalolatnoma asos qilib olingan.

Aybiga iqror bo‘lmasa-da, uning aybi sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, shuningdek jinoyat ishida mavjud bulgan dalillar yig‘indisi bilan to‘liq isbotlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring