Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘sh turgan kollej va litsey binolarida xorijiy klinika filiallari tashkil etiladi

Bo‘sh turgan kollej va litsey binolarida xorijiy klinika filiallari tashkil etiladi

Foto: «Diplomtime.ru»

Videoselektor yig‘ilishida har bir hudud o‘z xususiyatlari, kasalliklarning tarkibiga qarab, xususiy sektorni jalb qilgan holda davolash muassasalarini tashkil etishi belgilandi.

Misol uchun, har yuz ming kishiga Farg‘ona va Sirdaryoda nafas yo‘llari, Qashqadaryoda endokrin, Toshkent shahrida  oshqozon-ichak, Andijonda yurak-qon tomir, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda buyrak kasalliklari eng ko‘p qayd etilgan.

Viloyat hokimlariga Andijonda – kardiologiya, Buxoro va Navoiyda – oshqozon-ichak, Jizzax va Sirdaryoda – nafas yo‘llari, Qashqadaryo va Farg‘onada – endokrin, Samarqandda – gepatologiya, Namangan va Surxondaryoda – asab va qon aylanishi tizimi, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda – buyrak, Toshkent viloyatida – oftalmologiya, Toshkent shahrida – onkologiya kasalliklari bo‘yicha ilg‘or xorijiy klinikalar filiallarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Bunda joylardagi bo‘sh turgan kollej va litseylarning binolaridan samarali foydalanishi zarurligi ta’kidlandi.

Har bir viloyat hokimi kelgusi yil 1-iyunga qadar o‘z hududida tashkil etilgan ixtisoslashgan xorijiy klinikalar faoliyati bo‘yicha shaxsan Prezidentga axborot beradi.

Shuningdek, Sirdaryoda taklif etilayotgan tizim asosida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida, zaruriyatga qarab tor doiradagi mutaxassis shtatlarini mustaqil belgilash vakolati beriladi.

17 ta ixtisoslashgan respublika tibbiyot markazlarini hududiy tibbiyot muassasalari bilan bog‘lash lozimligi ko‘rsatildi.

Markazlardagi murakkab jarrohlik amaliyotlari, yangi diagnostika va davolash uslublari viloyat, tuman va shahar shifoxonalariga translyasiya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring