Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi universiteti filiali ochiladi

Chirchiqda Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi universiteti filiali ochiladi

Chirchiq shahrida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti notijorat aksiyadorlik jamiyatining filiali tashkil etiladi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib – iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarishning uzluksizligi va izchilligi tamoyillari, shuningdek, jahonning nufuzli o‘quv-ilmiy markazlari bilan uyg‘un integratsiyalashuv asosida mutaxassislarni, ilmiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yuksaltirish belgilanmoqda.

Universitet filiali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi. 

Qaror loyihasida Universitetning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi ekanligi, abituriyentlar qabuli va filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshirilishi, Universitet diplomi O‘zbekiston hamda Qozog‘istonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinishi nazarda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring