Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xotinining joniga qasd qilgan er hibsga olindi

Xotinining joniga qasd qilgan er hibsga olindi

Voqelik shu yilning 11-oktyabr kuni Sirg‘ali tumanidagi «Zodiak» kafesida sodir bo‘ldi. Shu tumanning Sputnik-2 dahasida yashovchi A. Ahmad (1992-y.t.) turmush o‘rtog‘i A. Lolaning (2000-y.t.) qahvaxonada spirtli ichimlik ichib o‘tirgani sabab o‘zaro janjallashib qoladi. Buning oqibatida  er o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan xotinining qorin, bel va ko‘krak qafasiga bir necha marotaba urib, voqea  joyidan yashirinadi.

Ko‘rsatilgan tibbiy  yordam natijasida A. Lolaning hayoti saqlab qolingani aytilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi ( Odam o‘ldirishga  qasd qilish) 1-qismi bilan «ish» qo‘zg‘atilgan.

A. Ahmad  protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring