Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXMlar endi stiker bermaydi

DXMlar endi stiker bermaydi

Foto: Xabar.uz

Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan transport harakatlanishi vaqtincha cheklanib, karantin joriy etilishi haqidagi xabari tarqalganidan so‘ng, Davlat xizmatlari agentligi ijtimoiy sahifalari va telegram-botiga mashinalarga stiker berish bilan bog‘liq savollar kelib tushib, aholi o‘rtasida turli anglashilmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda, deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, maxsus komissiya bayoniga ko‘ra, joriy yilning 9-aprelidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari orqali harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi to‘xtatilgan.

Bugungi kunda DXAga Davlat xizmatlari markazlari orqali stiker berish haqida hech qanday topshiriq belgilangani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 9-iyuldagi axborotiga ko‘ra, avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring