Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiya qator cheklovlarni bekor qildi

Maxsus komissiya qator cheklovlarni bekor qildi

Foto: Xabar.uz

16-martdan boshlab O‘zbekistonda bir qator cheklovlar bekor qilinmoqda.

Bu haqda bugun, 15 mart kuni Bosh vazir A.Aripov rahbarligida Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Yig‘ilishda koronavirusning O‘zbekistonda tarqalish darajasi bugungi kunda 0,4 ko‘rsatkichni tashkil etayotgani, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari xulosasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa, vaziyat barqarorligini anglatishi yana bir bor qayd etildi.

Shu boisdan O‘zbekistonda bir qator talablar bekor qilinadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi.

Shuningdek, O‘zbekistonga kirib keluvchilar respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PSR test natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotga ega bo‘lishi talabi ham bekor qilinmoqda.

Endilikda xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchilarga tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lgan taqdirda, ulardan PSR test natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talabi qo‘yilmaydi.

Buning o‘rniga, tashrif buyuruvchilar tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lmagan taqdirda respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PSR test natijasi, yoki chegara utish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotnomaga (elektron QR code) ega bo‘lishi shart qilib belgilandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini hamda avtobus yo‘nalishlarida parritet asosida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklanishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, tez kunda ishga tushiriladi hamda xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlarga tezkor va sifatli ma’lumot almashinuvi bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha Call markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring