Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiya ish beruvchilarga majburiyat yukladi

Maxsus komissiya ish beruvchilarga majburiyat yukladi

Foto: @eGovUz

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan muayyan cheklovlarni olib tashlash masalasi muhokama qilindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ish beruvchilarga qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik, shu jumladan, buster doza bilan emlanish darajasi 90 foizdan kam bo‘lmasligiga erishish majburiyati yuklatildi.

Davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va boshqa tashkilotlar xodimlarining koronavirus infeksiyasiga qarshi, shu jumladan, buster doza bilan emlanmaganligi aniqlanganda, ular vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.

Xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etganda, ish beruvchi tomonidan uning vaqtincha ishdan chetlashtirilishini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qat’iy nazoratga oladi.

Avvalroq joriy yilning 1 martidan boshlab fuqarolarning ochiq havoda niqob taqmasligiga ruxsat berilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring