Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston: tartibsizlik ishtirokchilarining 30 nafarga yaqini uylariga qo‘yib yuborildi

Qoraqalpog‘iston: tartibsizlik ishtirokchilarining 30 nafarga yaqini uylariga qo‘yib yuborildi

Joriy yil iyul oyi boshida sodir bo‘lgan Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda ishtirok etganlarning ayrimlari o‘z uylariga qo‘yib yuborildi. Bu haqda yuz bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan Komissiya a’zosi Alisher Qodirov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kecha, 29 avgust kuni 30 nafarga yaqin gumonlanuvchilar oilasiga topshirilgan.

«Komissiyaning tergov izolyatorlaridagi bir qator fuqarolarni qamoqda saqlash chorasini jamoatchilik kafolati asosida uyida cheklash chorasiga almashtirish taklifi ijobiy hal bo‘ldi.

Nukus, Shumanay va Kegeyli tumanlarida 30 ga yaqin gumonlanuvchilar oilasiga topshirayapmiz», – deb xabar beradi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15 iyul kuni Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qarori bilan maxsus komissiya tuzilgan edi.

Komissiyaga Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealar bo‘yicha  mustaqil tekshiruv o‘tkazish vazifasi topshirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) rahbarlik qiladigan komissiyaga deputatlar, senatorlar va faol jamoatchilik vakillari kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring