Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda virtual suhandon yaratildi

Xitoyda virtual suhandon yaratildi

Foto: «Korrespondent.net»

Xitoyning Sinxua davlat matbuot agentligi sun’iy yangiliklar suhandonini «ishga oldi», deya xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Suhandon sutkasiga 24 soat bemalol ishlay oladi, yangiliklarni esa sintetik ovoz yordamida o‘qiydi.

Suhandonni yaratishda foydalanilgan texnologiya hozircha oshkor etilmayapti. Unga haqiqiy insonlar asos qilib olingani, so‘ngra og‘iz va yuzning animatsiyalashtirilgan qismlari joylashtirilgani tahmin qilinmoqda.

Sun’iy suhandonlardan televideniye, internet va mobil qurilmalar orqali xabarlarni yetkazishda foydalanish rejalashtirilgan. Ammo yuz ifodalarining cheklanganligi va o‘ta sun’iy eshitilayotgan ovoz texnologiyaning asosiy kamchiliklari bo‘lib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring