Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy AQShning «Tayvanga ko‘mak» haqidagi hujjatiga keskin qarshi chiqdi

Xitoy AQShning «Tayvanga ko‘mak» haqidagi hujjatiga keskin qarshi chiqdi

Xitoy Tayvanni o‘z ichiga olgan AQSh hukumatining tashqi yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasining mazmuniga keskin qarshi chiqdi.

«AQSh Kongressining tegishli qonun loyihasining Tayvanni o‘z ichiga olgan bandlari «yagona Xitoy» tamoyili va uchta Xitoy — AQSh qo‘shma kommunikelari qoidalarini jiddiy ravishda buzadi, Tayvanning mustaqillik tarafdori bo‘lmish kuchlarga noto‘g‘ri xabar yuboradi va biz bunga qat’iyan qarshimiz», — deydi Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Chju Fenglyan.

Mavzuga doir: AQSh senati Ukraina, Isroil va Tayvanga moliyaviy yordam paketini ma’qulladi 

Uning ta’kidlashicha, Xitoy Qo‘shma Shtatlarni «Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaslik va Tayvanni har qanday yo‘l bilan qurollantirishni to‘xtatish haqidagi va’dasini bajarish uchun real chora ko‘rishga» chaqirmoqda.

Ma’lumot uchun, Xitoy hukumati va Tayvan o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda, Xitoy Kommunistik partiyasi bilan bo‘lgan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragan Chan Kayshe boshchiligidagi gomindan qo‘shinlari Tayvanga ko‘chib o‘tganidan so‘ng buzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring