Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda suv toshqini tufayli fermadan o‘nlab timsohlar qochib ketdi

Xitoyda suv toshqini tufayli fermadan o‘nlab timsohlar qochib ketdi

Xitoyning Maoming shahridagi (Guanjou provinsiyasi) fermadan o‘nlab timsohlar qochib ketdi. Hodisa uzoq davom etgan yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqini paytida yuz bergan.  

Qochqinlarning ba’zilari tiriklayin qo‘lga olingan, boshqalari esa xavfsizlik nuqtai nazaridan mahalliy hokimiyat tomonidan otib o‘ldirilgan yoki elektr toki  orqali hushsizlantirilgan.

Davlat nashrlari xabarlariga ko‘ra, hozirgacha qochqinlar pistirmadan qiyinchiliksiz o‘tib ketishgan: bor-yo‘g‘i sakkiz sudralib yuruvchi qo‘lga olingan.

Hukumat yaqin atrofdagi qishloqlar aholisidan uyda qolishni, suv havzalariga yaqinlashmaslikni, baliq tutmaslikni tayinlamoqda.

Mahalliy nashrlar timsohlar tufayli hech kim jabrlanmaganini yozmoqda.  Biroq rasmiylar qochqinlarning ba’zilari gavjum suv havzalarida yashiringan va ular juda ko‘p bo‘lishi mumkinligini tan oladi. Ya’ni  fermadan 69 nafar katta yoshli timsoh va olti nafar bolalari qochib ketgan. Qutqaruvchilar ularni qidirish uchun maxsus apparatlardan foydalanmoqda. Ammo qidiruv ishlariga seldan paydo bo‘lgan chuqurliklar to‘sqinlik qilmoqda, deb yozadi Beijing News.

Qochoqlarni qo‘lga olishda ishtirok etgan o‘t o‘chiruvchilardan biri Xitoy OAVlariga ushlangan katta yoshli timsohlarning o‘rtacha og‘irligi 75 kg. ga yaqin, uzunligi esa 2 metrdan ortiq ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning aksariyati otib tashlangan.

Ma’lumot uchun: Maoming shahrida  bir nechta timsoh fermalari joylashgan. U yerda timsohlar teri va go‘sht uchun boqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring