Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«So‘nggi 80 yildagi eng yirik ofat». Qozog‘istondagi minglab uylar suvga g‘arq bo‘ldi, suv toshqinlarining ikkinchi to‘lqini kutilmoqda

«So‘nggi 80 yildagi eng yirik ofat». Qozog‘istondagi minglab uylar suvga g‘arq bo‘ldi, suv toshqinlarining ikkinchi to‘lqini kutilmoqda

Kollaj: Ulysmedia.kz

Qozog‘istondagi 70 ga yaqin aholi maskanlari keng ko‘lamli suv toshqinlari oqibatida tashqi dunyodan uzilib qoldi, 95 ming nafardan ortiq aholi xavfli hududdan evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi BBC.

Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev suv toshqinlarini Qozog‘istondagi so‘nggi 80 yilda yuz bergan eng yirik ofat, deya ta’rifladi.

Qozog‘istondagi 17 ta viloyatdan 10 tasida mahalliy ko‘lamda favqulodda vaziyat e’lon qilingan.

Pokrovka aholi maskanidan odamlarni evakuatsiya qilish. Foto: AFP

Ayni paytga kelib Oqmo‘la, Oqto‘ba, Atirau, Qo‘stanoy, Shimoliy Qozog‘iston, Sharqiy Qozog‘iston va Pavlodar viloyatlaridagi 3 400 dan ortiq uylarni suv bosgan.

Mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, ayrim hududlarda suv toshqinlari pasayishni boshlagan. Biroq Qozog‘iston shimolidagi aholi maskanlariga suv bosish xavf solib turibdi.

Kecha, 10-aprel kuni Qozog‘iston bosh vaziri O‘ljas Bektenov yaqin orada suv toshqinlarining ikkinchi to‘lqinidan ogohlantirdi — Atirau va Uralsk shaharlariga Rossiya tomonidan katta suv oqimi kelishi kutilyapti.

Foto: PRIMEMINISTER.KZ

«Yoyiq (Ural) daryosida murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Bugun Yoyiqda suv sathi 7,2 metr va kundan kunga oshib boryapti. Xavfli chiziq — 8,5 metr. Bunga qarshi himoya dambalari qurildi. Hozirgi asosiy vazifa — Uralsk va Atirauni himoyalash», — deya ta’kidladi Bektenov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring