Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Velosipedchi ayol 20 kunda qariyb 6000 kilometr yo‘l bosdi

Velosipedchi ayol 20 kunda qariyb 6000 kilometr yo‘l bosdi

Foto: «Pinterest.nz»

Byanka Xeys 20 kunda 5900 kilometr yo‘l bosib velosipedchi ayollar orasida yangi rekord o‘rnatdi, deya xabar berdi «Upi».

Dastlabki maqsadi erkaklar rekordini yangilash bo‘lgan, faqat buning uchun marraga 15 kunda yetib borishiga to‘g‘ri kelardi. U Vankuverda yo‘lga chiqib, Galifaksda safarini tugatdi. Endi Byanka Xeys Kanada bo‘yicha eng tezkor velosipedchi ayol hisoblanadi.

Ushbu safar chog‘ida to‘plagan 22 ming dollarni tuxumdonlar saratonini o‘rganuvchi markazga hayriya qildi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor: singlisi ham sportchi bo‘lgan, u 2018-yilda ushbu kasallik tufayli vafot etgan.

So‘nggi 50 yilda tirik qolish ko‘rsatkichi yaxshi tomonga o‘zgarmagani, tadqiqotlar yetarlicha moliyalashtirilmayotgani Byankani xavotirga solmoqda. Shu bois velosipedchi ayol keyingi sayohati to‘g‘risida o‘ylay boshladi. Birinchi safari chog‘ida u 20 tacha velosiped shinasini almashtirishga majbur bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring