Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» Afg‘onistonning ichki ishlar, moliya va ta’lim vazirlarini tayinladi

«Tolibon» Afg‘onistonning ichki ishlar, moliya va ta’lim vazirlarini tayinladi

Foto: CNN

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning IIV, moliya va boshqa ayrim tuzilmalari rahbarlarini tayinladi, deb xabar berdi «Rosbalt».

«Pajhwok» yozishicha, Sadr Ibrohim ichki ishlar vaziri bo‘ldi, Gul Og‘a esa moliya vazirligini boshqaradi. Razvedka xizmati rahbarligi Najibulloga topshirilgan.

Kobul viloyati gubernatorligi mulla Shiringa topshirilgan, mamlakat poytaxti hokimligiga Hamidullo No‘’moniy kelgan. Shuningdek, Afg‘onistonda ta’lim va oliy ta’lim vazirlari ham yangilangan, deyiladi xabarda.

«Tolibon» Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzgani haqida ham xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring