Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq vitse-prezident yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashni talab qilmoqda

Sobiq vitse-prezident yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashni talab qilmoqda

Foto: «Eurasia Diary»

Xalqaro jinoyat sudi (ICC) tomonidan oqlangan Kongo Demokratik Respublikasining sobiq vitse-prezidenti Jan-Per Bemba o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashni talab qilmoqda. Bu haqda «Reuters Africa» xabar bermoqda.

Bembaning «ma’naviy zarari» — 75 million AQSh dollari. Buning ichiga uning qonunga zid ravishda hibsga olingani, sud xarajatlari, musodara qilinganidan keyin besamar boshqaruv oqibatida mulkiga yetkazilgan zarar kirib ketadi.

Olib qo‘yilgan mulklar orasida yettita samolyot, ikkita kema, Portugaliyadagi uchta villa, Kongo DR dagi uchta yer maydoni ham bor.

Advokat Piter Xayensning aytishicha, Bemba 10 yil qamoqda o‘tirgan paytida e’tiborsizlik oqibatida uning mol-mulkiga jiddiy zarar yetgan.

Taniqli tadbirkor va muxolifatchi Jan-Per Bemba o‘zi boshchiligidagi harbiylashgan guruh sodir etgan jinoyatlarda ayblanib qamalgan edi. Xalqaro jinoyat sudi uni 2018-yilning may oyida oqlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring