Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Selena Gomes telefon o‘yini ishlab chiqaruvchilarini sudga berdi

Selena Gomes telefon o‘yini ishlab chiqaruvchilarini sudga berdi

Foto: «variety.com»

Selena Gomes mobil telefonlari uchun o‘yin ishlab chiqaruvchilardan 10 million dollar da’vo qilmoqda. Chunki o‘yin personajlaridan biri unga o‘xshab ketadi, deya xabar berdi «Variety».

«Clothes Forever — Styling Game» nomli o‘yin («App Store»da bor) foydalanuvchilarga «do‘konlar aylanish» va yulduzlar bilan birga liboslarni kiyib ko‘rishi mumkin.

«Sizda Kardashyan, Jiji Xadid, Beyonse kabi taniqli kishilar hamda go‘zal modellar bilan o‘zaro fikr almashish imkoniyati bor. Ular nima kiyishni sizdan maslahat so‘rashadi», — deyiladi yangi o‘yin reklama materiallarida.

Garchi qo‘shiqchi va aktrisa bunga rasman ruxsat bermagan bo‘lsa-da, qahramonlardan biri uning suratidan ko‘chirib olingan.

Gomes Xitoyning «Guangzhou Feidong Software Technology Co» hamda Britaniyaning «MutantBox Interactive Limited» kompaniyalaridan da’vo qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring