Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya Belarusga 9000 harbiy va 170 ta tank jo‘natmoqda

Rossiya Belarusga 9000 harbiy va 170 ta tank jo‘natmoqda

Foto: UNIAN

Belarus mudofaa vazirligining xalqaro harbiy hamkorlik departamenti boshlig‘i Valeriy Revenko ma’lumot berishicha, Rossiya mamlakatga harbiy-texnik kuchlarini yubormoqda.

Rossiyadan Belarusga, jumladan, 9 ming nafarga yaqin shaxsiy tarkib, 170 ta tank, 200 tagacha BBM (jangovar zirhli mashina) hamda kalibri 100 mm dan yuqori 100 ga yaqin qurol va minomyotlar jo‘natiladi.

Bir hafta avval Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi bilan mamlakat hududida RF va Belarus mintaqaviy guruhini joylashtirishga kelishib olganini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring