Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Praga markazida otishma: 15 kishi halok bo‘ldi

Praga markazida otishma: 15 kishi halok bo‘ldi

Praga markazidagi Karloviy universitetida yuz bergan otishmada 15 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda iDnes.cz portali xabar berdi.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qqiz kishi og‘ir jarohat olgan, qolganlari o‘rtacha yoki yengil jabrlangan.

Avvalroq, Chexiya politsiyasi Praga markazidagi Karloviy universitetining san’at fakulteti hududida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bergandi. Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi optikasi bo‘lgan uzun nayzali qurolni olib yurgan. Biroz vaqt o‘tgach, Chexiya politsiyasi otishma sodir etgan shaxs yo‘q qilinganini e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring