Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda ommaviy tadbir vaqtida otishma sodir bo‘ldi

AQShda ommaviy tadbir vaqtida otishma sodir bo‘ldi

AQShda futbol jamoasi sharafiga o‘tkazilgan paradda sodir bo‘lgan otishmadan 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Superkubok g‘oliblari sharafiga parad bo‘lib o‘tayotgan Kanzas-Siti shahrida otishma bo‘ldi. Natijada 22 kishi jabrlandi.

«Bir kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. O‘qdan jarohat olganlarning umumiy soni 22 nafarga yetdi», — dedi shahar politsiyasi boshlig‘i Steysi Greyvs.

Qayd etilishicha, qurbonlar orasida 8 nafar bola ham bor.

Graves, shuningdek, uch kishining hibsga olinganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring