Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShdagi otishma fojiaga olib keldi

AQShdagi otishma fojiaga olib keldi

San-Fransiskoda (Kaliforniya) otishma natijasida kamida bir kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi.

ABC telekanali xabariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari shaharning Tenderloin hududidagi ikki ko‘cha chorrahasida otishma sodir bo‘lgani haqidagi xabardan so‘ng hodisa joyiga chiqishgan va u yerda to‘rt erkak hamda bir ayolni o‘qdan yaralangan holda topishgan. Barchasi kasalxonaga yotqizilgan, erkaklardan 1 nafari shifoxonada vafot etgan.

Politsiya gumonlanuvchining hibsga olingani va uning shaxsi haqida xabar bermadi, deyiladi ABC lavhasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring