Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polsha «Yevropada eng kuchli qo‘shin» tuzmoqchi

Polsha «Yevropada eng kuchli qo‘shin» tuzmoqchi

Foto: EPA

Polsha yaqin ikki yil ichida Yevropada eng kuchli armiyani shakllantirmoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari – mudofaa vaziri Mariush Blashchak ma’lum qilgan.

Mamlakatda kuzda parlament saylov o‘tishi kutilmoqda. Mudofaa vaziriga ko‘ra, saylovda iqtidordagi «Huquq va adolat» partiyasi g‘alaba qozonsa, ikki yil ichida Polshaning quruqlikdagi qo‘shini Yevropada eng kuchli armiyaga aylanadi.

Rasmiy Varshava Rossiya bosqini borasida qat’iy pozitsiya tutgan holda, Kiyevga faol ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. Polsha Ukrainaga MiG-29 qiruvchi uchoqlarini taqdim etishga ham qaror qilgan.

Bir necha oy avval esa Polsha hukumati Rossiya va Belarus bilan chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirish, jumladan, mudofaa to‘siqlari o‘rnatishga kirishgan.

Ukraina urushi ortidan Polsha rahbariyati mudofaa yo‘nalishidagi xarajatlarni 11 foizga oshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring