Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek harbiylari Rossiyadagi musobaqada muvaffaqiyat qozondi

O‘zbek harbiylari Rossiyadagi musobaqada muvaffaqiyat qozondi

Foto: Mudofaa vazirligi.

12-aprelda «Toshkent» xalqaro aeroportida 2024- yilgi Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi «Sayan yurishi» musobaqada ishtirok etgan harbilar tantanali kutib olindi.

Bayramona tadbirda Mudofaa vazirligi mas’ullari ushbu nufuzli xalqaro musobaqalarda Mudofaa vazirligi jamoasi g‘alabalar seriyasi bilan ishtirok etib kelayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilgan va Xalqaro armiya o‘yinlarini boshlab bergan mazkur musobaqada jami 9 ta jamoa ishtirok etib, O‘zbekiston ular orasida kuchli uchtalikdan o‘rin oldi.

Sovuq iqlim, noqulay ob-havoli tog‘ hududlarida 50 kilometrlik masofani bosib o‘tish davomida jamoalar 12 ta shart bo‘yicha ko‘rsatilgan me’yorlarni yuksak jangovar mahorat bilan bajarishdi. Yangilangan jamoamiz uchun bu kabi kutilmagan to‘siqlarni yengib o‘tib, kuchlilar ichida nom taratish oson kechmadi.

Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Eron kabi davlat jamoalari ishtirok etgan musobaqada yurtimiz harbiy xizmatchilari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarimizga harbiy orkestr sadolari ostida medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring