Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda qor va ko‘chkilar qurbonlari soni 90 nafardan oshdi

Pokistonda qor va ko‘chkilar qurbonlari soni 90 nafardan oshdi

Foto: «Day.az»

Pokistonda kuchli qor yog‘ishi va ko‘chkilar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 93 kishiga yetdi, 53 kishi jarohatlangan, deya xabar bermoqda «Day.az».

Eng ko‘p talafot Ozod Kashmir mintaqasida kuzatilgan, bu yerda 66 kishi halok bo‘lgan. Belujistonda esa tabiiy ofat qurbonlari soni 20 nafarga yetgan. Panjobda yetti inson «oq ajal» changalidan omon qolmagan.

Rasmiy manbalar bu raqamlar yanada oshishidan xavotirda, chunki kuchli qor yog‘ishi oqibatida ayrim tumanlarga eltuvchi yo‘llar batamom yopilib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring