Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi, qurbonlar bor

Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi, qurbonlar bor

Pokiston dushanbaga o‘tar kechasi Afg‘oniston sharqidagi chegara hududlariga havo hujumlarini amalga oshirdi. Natijada sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 18-mart, dushanba kuni Bloomberg xabar berdi.

Afg‘oniston muvaqqat hukumati so‘zlovchisi Zabihulloh Mujohidning aytishicha, Pokiston samolyotlari ertalab soat 3 larda sharqiy Xost va Paktika viloyatlarida tinch aholi uylarini bombardimon qilgan, natijada besh ayol va uch bola halok bo‘lgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday hujumlar «Afg‘oniston suverenitetini buzishdir».

Shaxsi sir qolish sharti bilan gapirgan Pokiston rasmiysi havo hujumini tasdiqladi, biroq mamlakat Tashqi ishlar vazirligi va harbiylari izoh berish haqidagi rasmiy so‘rovga javob bermadi.

2021-yilda Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatga qaytganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan.

Pokiston «Tolibon»ning «Tehrik-al-Tolibon» nomi bilan tanilgan bir sho‘basi Pokistonda hukumatni ag‘darish bilan tahdid qilgan va hozir Afg‘onistonda yashirinib yurganini bir necha bor aytgan. Kobul Islomobodning ayblovlarini rad etdi.

Pokiston, agar afg‘on toliblarining o‘zlari boshlamasa, bu jangarilarga hujum qilishini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring