Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» qo‘shnisiga zarbalar berdi

«Tolibon» qo‘shnisiga zarbalar berdi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning Paktika va Xost viloyatlariga uyushtirilgan reydlarga javoban Pokistonga qarshi zarbalar berdi. Bu haqda Reuters agentligi Tolibon tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatdagi Mudofaa vazirligiga tayanib ma’lum qildi.

«Afg‘oniston hech kimga Afg‘oniston hududidan foydalanib, xavfsizlikka rahna solishiga yo‘l qo‘ymaydi», — deya ta’kidladi harbiy departament.

Harakat vakilining qayd etishicha, Pokiston Afg‘onistonni o‘z hududida nazorat yo‘qligi, malakasizlik va muammolar uchun ayblamasligi kerak.

«Bunday harakatlar Pokiston nazorat qila olmaydigan juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin», deydi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring