Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Neft narxi tushib ketdi

Neft narxi tushib ketdi

Foto: «Reuters»

Payshanba, 23 may sanasida Brent markali neft narxi 4,6 foizga tushib ketdi va bir barrel uchun 68 dollardan kamroqni tashkil etmoqda. WTI markali neftning bir barreli esa 58,5 dollarga baholangan va 5 foizga qadrini yo‘qotdi.

Financial Times tomonidan xabar qilinishicha, AQShning neft zaxiralari oxirgi ikki yilda eng katta hajmni tashkil etmoqda. Ushbu holat AQSh va Xitoy savdo aloqalarining yomonlashuvi asnosida ro‘y beryapti.

Xususan, Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan bog‘liq vaziyat ancha qaltis bo‘lib turibdi. AQSh tomonidan ushbu kompaniya qora ro‘yxatga kiritilgandan so‘ng butun dunyo bo‘ylab Huawei bilan ishlashdan bosh tortishlar kuzatilyapti. Ayni vaqtga qadar Google, Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom rahbariyati Huawei bilan hamkorlik to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

Yangi qoidalarga ko‘ra Amerika rezidentlari Xitoy kompaniyasi bilan faqat maxsus litsenziyaga ko‘ra ishlashi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring