Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tovuq tuxumi «Instagram»da layklar bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Tovuq tuxumi «Instagram»da layklar bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: «Instagram»

Tovuq tuxumi aks etgan surat «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida  26 milliondan ortiq layk yig‘ib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bungacha rekord 18 million layk to‘plagan Kayli Jennerga tegishli edi.

Surat «world record egg» nomli akkauntda joylangan bo‘lib, sahifa 4 yanvar kuni yaratilgan.

Sahifa egasi foydalanuvchilarga tarmoqda layklar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatib, Kayli Jennerdan o‘zib ketishni taklif qilgan. Va odamlar shu maqsad bilan uni faol layklashni boshlashgan. 

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Let’s set a world record together and get the most liked post on Instagram. Beating the current world record held by Kylie Jenner (18 million)! We got this 🙌 #LikeTheEgg #EggSoldiers #EggGang

Publikatsiya ot EGG GANG 🌍 (@world_record_egg)

10 kun ichida birgina tuxumdan iborat sahifa 2,6 million a’zoga, surat esa 26,4 million laykka ega bo‘lgan.

Sahifaning noma’lum sohibi elektron pochta orqali «BuzzFeed» nashri jurnalistlarining bir necha savoliga javob bergan. U o‘zini Buyuk Britaniya qishloqlaridan birida yashovchi Genriyetta nomli tovuq, tuxumni esa Yudjin deb tanishtirgan.

Sirli foydalanuvchining aytishicha, u «Instagram»dagi eng mashhur 20 ta post haqidagi maqolani o‘qib, bu rekorddan o‘zib ketishga qaror qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring