Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus eng ko‘p qaysi davlatlarda tarqalmoqda?

Koronavirus eng ko‘p qaysi davlatlarda tarqalmoqda?

Foto: «Russian.news.cn»

Yangi turdagi koronavirusni yuqtirganlar soni faqat Xitoydagina ko‘paymayapti. Bugun, ya’ni 19-fevral ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy chegaralaridan tashqarida koronavirusni yuqtirganlar soni 1011 kishiga yetgan, deb yozadi «South China Morning Post» gazetasi.

Gazeta saytidagi onlayn-hisoblagichga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 75 ming 196 ta holat aniqlangan bo‘lib, shulardan 74 ming 185 tasi birgina Xitoyning o‘ziga to‘g‘ri keladi.

Undan keyingi pog‘onada 613 ta holat bilan Yaponiya bormoqda. «Diamond Princess» kemasidagi kasallikni yuqtirgan 542 nafar yo‘lovchi ham shular jumlasidan. Keyingi o‘rinlarda: Singapur (81 ta holat), Gonkong (62), Janubiy Koreya (46), Tayland (35), Tayvan (22), Malayziya (22), Germaniya (16), Vetnam (16), Avstraliya (15), AQSh (15), Fransiya (11), Makao (10), holgan 15 ta mamlakatda 10 tadan kam. Rossiyada 2 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ikkala bemor ham allaqachon tuzalishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring