Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JARda fil karkidonni himoya qilib, brakonerni toptab tashladi

JARda fil karkidonni himoya qilib, brakonerni toptab tashladi

Foto: «RIA Novosti»

Janubiy Afrika Respublikasidagi Kryuger milliy o‘rmonida fil brakonerni toptab tashladi.

Bir guruh brakonerlar qo‘riqxona xududiga kirib, karkidon ovlamoqchi bo‘lishgan. Ammo ulardan biri karkidonni ushlamoqchi bo‘lganda fil unga hujum qildi. Qolgan brakonerlar o‘sha vaziyatda hech qanday yordam bera olishmagan va darhol qo‘riqxonadan chiqib ketishgan.

Halok bo‘lgan brakonerning jasadini ham tashlab ketgan sheriklari faqat uning xonadoniga bo‘lib o‘tgan hodisa bo‘yicha xabar berishgan. Ertasiga, 3 aprel kuni qo‘riqxona xodimlari jasadni qidirishga tushishgan. Bir kunlik qidiruvdan so‘ng marhumning bosh suyagi va kiyimi topildi. Tahmin qilinishicha, och sherlar to‘dasi jasadni yeb ketgan.

Mahalliy politsiya qolgan uch brakonerni ham qamoqqa oldi. Ularga qo‘riqxona xududiga noqonuniy kirish, o‘qotar qurolga litsenziyasiz egalik qilish va noqonuniy ov qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring