Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yovvoyi fil shaharga bostirib kirdi va odamlarni mayib qildi

Yovvoyi fil shaharga bostirib kirdi va odamlarni mayib qildi

Hindistonda yovvoyi fil Kerala shtatidagi Ullikal shahriga kirib, uy devorini vayron qildi va bir necha mahalliy aholiga hujum qildi. Bu haqda Onmanorama nashri xabar berdi.

11 oktyabr kuni ulkan fil shahar ko‘chalari bo‘ylab yugura boshladi. Odamlar uni o‘rmonga haydamoqchi bo‘lganlarida, u olti kishini jarohatlab, bir necha xonadon joylashgan bino devorini vayron qilgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Davlat o‘rmon departamenti xodimlari filni odamlar yashash joyidan haydash uchun shaharchaga yetib kelgan.

Bo‘lim vakillarining ta’kidlashicha, trankvilizator o‘qlarini filga qarshi qo‘llash mumkin emas, chunki dori birinchi navbatda quturish xurujini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa qurbonlar sonining ko‘payishiga olib keladi. Ular portlovchi paketlar yordamida filni o‘rmonga qaytarishga harakat qilishgan.

Ular filni shahar chegarasidan ikki kilometr uzoqlikdagi o‘rmon chekkasigacha haydashga muvaffaq bo‘lishdi, ammo hozirgacha u o‘rmon ichiga kirmagan. Ehtimol, uni aholi punkti yaqinida joylashgan kaju fermasi o‘ziga jalb qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring