Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonning eng keksa odami yana almashdi

Jahonning eng keksa odami yana almashdi

Angliyalik erkak dunyodagi eng keksa odam sifatida tan olindi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi UPI nashri.

Sautportlik Britaniya fuqarosi Jon Alfred Tinnisvud 111 yoshida dunyodagi eng keksa odamga aylandi. Ilgari bu unvon yaponiyalik Gisaburo Sonobega tegishli edi. Afsuski, yaponiyalik bu unvonni bor-yo‘g‘i bir necha kun egallab turdi xolos. Undan avval rekordsmen venesuelalik Xuan Visente Peres Mora edi. 

Hozirgi rekordchi 1912-yil 26-avgustda tug‘ilgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u hamon faol hayot tarzini olib boradi, moliyasini mustaqil boshqaradi va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun har kuni radio tinglaydi.

Jon o‘zining uzoq umr ko‘rishini «sof omad» bilan izohlaydi. 

Uning to‘rt nabirasi va uch chevarasi bor. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring