Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng keksa ayoli tug‘ilgan kunini nishonladi

Dunyoning eng keksa ayoli tug‘ilgan kunini nishonladi

Ispaniyalik dunyodagi eng keksa ayol o‘zining 117 yoshini nishonladi va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Guinness World Records xabar bermoqda.

Mariya Branyas Morera 1907 yil 4 martda Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida tug‘ilgan. Sakkiz yoshida u oilasi bilan Ispaniyaga ko‘chib o‘tdi va Kataloniyada butun umrini o‘tkazdi.

Ayol ispan grippi pandemiyasidan, shuningdek, Ispaniya fuqarolar urushidan omon qolgan, uning so‘zlariga ko‘ra, u bu voqealar haqida «juda og‘ir xotiralar» ga ega. Morera shifokor Joan More bilan turmush qurgan, uning uch farzandi bor edi. Ayol 1976 yilda beva qolgan, yakka o‘g‘lidan ham ayrilgan.

Morera 2023 yil yanvar oyida Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng keksa odam sifatida tan olingan. Ayni paytda ayol tarixdagi eng keksa odamlar ro‘yxatida 12-o‘rinni egallab turibdi, 118 yoshga to‘lganda esa beshinchi o‘ringa ko‘tariladi.

Yoshi katta bo‘lishiga qaramay, o‘zini yaxshi his qiladi. U omad va yaxshi genetikadan tashqari, uzoq umr ko‘rishning asosiy sirlari sifatida — tartib, xotirjamlik va oila hamda do‘stlar bilan mustahkam aloqalarni sanaydi. Bundan tashqari, u uzoq umr ko‘rgani sababini tabiatda ko‘p vaqt o‘tkazishi, tashvish va afsuslanmasdan yashagani, ko‘p ijobiy his-tuyg‘ularni boshdan kechirganiyu, yomon odamlardan uzoqlashgani bilan izohlaydi.

Qayd etilishicha, Moreraning eshitish qobiliyatini qisman yo‘qotishi va harakatdagi qiyinchiliklardan tashqari, jismoniy va ruhiy salomatligi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring