Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fazoda eng ko‘p vaqt bo‘lgan inson vafot etdi

Fazoda eng ko‘p vaqt bo‘lgan inson vafot etdi

Foto: Ren TV

Fazoda eng ko‘p vaqt bo‘lgan kosmonavt Valeriy Polyakov 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Roskosmos xabar berdi.

Polyakov fazoga ikki marta parvoz qilib, jami 678 sutka va 16 soatni kosmosda o‘tkazgan. Birinchi parvozi 1989-yilda amalga oshirilgan, ikkinchisi 1994-yilning yanvaridan 1995-yilning martiga qadar jami 437 sutka davom etgan: Polyakov «Mir» stansiyasida uzoq faoliyat ko‘rsatib rekord o‘rnatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring