Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng tajribali kosmonavt boshqa uchmaydi

Eng tajribali kosmonavt boshqa uchmaydi

Foto: Roskosmos

Rossiyalik eng tajribali kosmonavt Fyodor Yurchixin salomatligi to‘g‘ri kelmasligi bois kosmonavtlar otryadini tark etdi. Bu haqda «RIA Novosti» kosmonavtlar otryadi komandiri Oleg Kononenkoga asoslanib xabar berdi.

Yurchixin hozir 60 yoshda, salomatligida muammolar paydo bo‘lgani haqida o‘zi ma’lum qilgandi.

Fyodor Yurchixin ochiq kosmosda. Foto: NASA

Ma’lumot uchun: Fyodor Yurchixin (jahonning 423, Rossiyaning 98-fazogiri) fazoga besh marta uchgan: to‘rt marta — «Soyuz» kosmik kemalarida va bir marta — AQShning «Atlantis» shattl kemasida. Uning jami parvozlari davomiyligi 672 sutka va 21 soatni tashkil etadi. Ochiq kosmosda esa 60 soat ishlagan.


Mavzuga oid: Kosmonavtning maoshi qancha?


Yurchixinni kosmonavtlar otryadidan chiqarish to‘g‘risida Kosmonavtlarni tayyorlash markazi yig‘ilishida tibbiy komissiya rahbari ham ma’lum qildi. Kononenkoning aytishicha, bu yakuniy qaror — umrining salkam ikki yilini kosmosda o‘tkazgan Yurchixin boshqa uchmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring