Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on mag‘lubiyatni tan oldi

Erdo‘g‘on mag‘lubiyatni tan oldi

Turkiyada muxolif partiya 20 yil ichida ilk bor saylovlarda g‘alaba qozondi.

31 mart kuni Turkiyaning muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi so‘nggi 20 yil ichida ilk bor hukmron partiyani mag‘lub etdi.

Turkiyaning barcha 81 viloyatida munitsipal saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovda mamlakatning 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolari qatnashishi mumkin edi. Bu jami 61,4 million kishi degani.

Ovoz berish natijalari e’lon qilingach, Erdo‘g‘an Anqarada o‘z tarafdorlariga murojaat qildi.

«Afsuski, munitsipal saylovlarda biz xohlagan va kutgan natijaga erisha olmadik», dedi u.

 «Anadolu» nashrining yozishicha, protokollarning 93 foizi sanab chiqilgach, munitsipal saylovlarda Respublika Xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi esa 35,7 foiz ovoz olgan. Uch yirik shahar – Anqara, Istanbul va Izmirning muxolifatdagi merlari saylovlardan keyin o‘z o‘rinlarini saqlab qoladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring