Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerda hayot qachon paydo bo‘lgan? Bu savolga javob topilgan ko‘rinadi

Yerda hayot qachon paydo bo‘lgan? Bu savolga javob topilgan ko‘rinadi

Foto: «RIA Novosti»

«Rambler»ning yozishicha, Yerda hayotning paydo bo‘lish vaqti — evolyusiyaning eng hayajonli lahzalaridan biri. Olimlar ilk hayot nishonalarini anchadan beri astoydil izlashmoqda. Qariyb 40 yil muqaddam Avstraliya manbalarida 3,5 milliard yillik jonivorlarning toshga aylangan qoldiqlari topilishi jahon sensatsiyasi darajasiga yetdi. Bir qancha olimlar o‘shandayoq ularda tirik tanalarning qoldiqlari saqlanib qolganini ma’lum etishgandi. Bundan chiqdi, sayyoramizda hayot ilm-fan taxminidan kamida 600 million yil erta boshlangan. Biroq raqiblar bunday shov-shuvli xabarni e’lon qilish uchun yetarli dalillarga ega bo‘lish kerak deb hisoblashadi. Bahs-munozaraga nuqta qo‘yish uchun tegishli texnologiyalar paydo bo‘lishini, bir necha o‘n yil kutishga to‘g‘ri keldi. Hozirgi kunga kelib avstraliyalik olimlar toshga aylangan qoldiqlarni oltita zamonaviy asbob-uskunada tekshirib ko‘rishdi.

Har taraflama olib borilgan bunday konsilium ushbu qadimiy qoldiqlarda hayot belgilari borligiga oydinlik kiritib berdi. Qoldiqlar asosan mayda teshikli mineral piritdan iborat. Ularda tarkibiga ko‘ra zamonaviy bakteriyalar membranasi devoriga o‘xshash organik iplar bor. Bundan tashqari, piritda mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati mahsulotlari hisoblangan organik materiallar aniqlangan.

Avstraliya topilmasi bir qancha sabablarga ko‘ra qiziqarli. Birinchidan, hayotning paydo bo‘lish muddati endi 600 million yil ortga surildi. Ikkinchidan, Yerda hayot okeanning sho‘r suvida emas, quruqlikdagi termal chuchuk manbalarda yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlovchi dalil topildi. Negaki hozirgacha «dengiz» versiyasi yetakchilik qilayotgandi. Uchinchidan, Avstraliya topilmasi Marsga yangi missiyalar uchun asos bo‘lishi mumkin: endi hayot nishonalarini qanday va qayerdan izlash ma’lum. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Qizil sayyoradagi tuproq ayrim joylarda juda Avstraliyani eslatadi. Yoshi ham yaqin.

Ta’kidlash joizki, Yerda hayot bo‘lgan muddatni yanada ortga suruvchi juda ko‘p dalillar mavjud. Mana, masalan, 2017-yili tadqiqotchilar guruhi Kanada yaqinida okeanning geotermal manbalarida Yer yuzida 4,28 milliard yil muqaddam yashagan tirik jonzotlarning qoldiqlarini topishdi. Biroq bu ko‘pgina noroziliklarni keltirib chiqardi. Mutaxassislar ular topgan qoldiqlarning biologik yoshidan gumonsirashmoqda. Biroq Avstraliya topilmasiga qariyb yarim asrdan beri shubha qilib kelishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring