Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eng yaxshi advokat — vatan»: Avstraliya Assanjni o‘z himoyasiga oldi

«Eng yaxshi advokat — vatan»: Avstraliya Assanjni o‘z himoyasiga oldi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Jo Bayden WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga nisbatan sud ta’qibini to‘xtatish to‘g‘risidagi Avstraliya so‘rovini ko‘rib chiqishini aytdi.

«Biz bu masalani ko‘rib chiqyapmiz», — dedi u jurnalistlarga.

Avstraliya parlamenti shu yilning fevralida 52 yoshli Assanjni vataniga (u Avstraliyada tug‘ilgan) qaytarishga chaqirgandi. Bu chorlovni mamlakat bosh vaziri Entoni Albaniz ham qo‘llagan.

«Janob Assanj haqida odamlar har xil fikrda. Ammo, nima bo‘lgan taqdirda ham, bu ish tinmay davom etishi mumkin emas», — dedi Albaniz parlamentga murojaatida.

AQSh Assanjni harbiy sirlarni oshkor qilishda ayblab, sud qilish uchun Buyuk Britaniyadan ekstraditsiya qilish harakatida. WikiLeaks asoschisi esa ayblovlarni rad etmoqda.

AQSh Assanjga o‘lim jazosi berilmasligini kafolatlashi shart deya, London Oliy sudi ekstraditsiya masalasini mart oyida to‘xtatgandi. Amerika hukumatining javobiga bahoni sud may oyi oxirida berishi kutilyapti.

Assanjning rafiqasi Stella X ijtimoiy tarmog‘ida Baydenga murojaat qilib: «To‘g‘ri qarorga keling. Ayblovni olib tashlang», — deb yozgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring