Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi «omikron» tufayli boshqa muddatga ko‘chirildi

Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi «omikron» tufayli boshqa muddatga ko‘chirildi

Foto: «Vesti»

Davos (Shveysariya) Jahon iqtisodiy forumi har yilgi an’anaviy yuzma-yuz uchrashuvlarni «omikron» shtammi tufayli yanvar oyidan yoz fasliga ko‘chirdi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.

Xuddi bir yil oldingidek, muloqotlar raqamli formatda tashkil etilishi mumkin.

«An’anaviy uchrashuvlar Davos-Klosters (Shveysariya)da 2022-yilning 17–21-yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Endi bu muddat yozning boshlariga ko‘chirildi», — deyiladi tashkilotning bayonotida.

Ma’lumot uchun: Davos forumi birinchi marta 1971-yilning yanvarida tashkil etilgan. Bu xalqaro siyosat va biznes elita vakillarining Davos kurort shahri mezbonlik qiladigan iqtisodiy anjuman shaklida  o‘tuvchi an’anaviy yillik uchrashuvidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring